Yutuq muborak bо‘lsin... 21.11.2021

Yutuq muborak bо‘lsin...

Joriy yilning noyabr oyida Rossiya Federatsiyasining “Rossiyskiy bereg” Xalqaro san’at festivali tashkiloti tomonidan onlayn shaklida “Rossiyskiy bereg. Osennyaya feyeriya” IV Xalqaro san’at festivali о‘tkazildi.

Mazkur xalqaro onlayn festivalda Samarqand viloyat musiqali drama teatrining solisti, ajoyib ovoz sohibi Jо‘rabek О‘rolov akademik vokal yо‘nalishi B-2 toifasi bо‘yicha faol qatnashib, “Vokal san’ati” nominatsiyasida faxrli II-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Kelajakdagi ijdoiy va ezgu ishlarida Jо‘rabek Eshturdiyevichga omad va yangidan-yangi ulkan zafarlar tilab qolamiz! Yana bir bor, muborak bо‘lsin!

Contacts

Samarkand regional
theater of musical Drama
Address Samarkand city, Kuk saroy square 3
Telephone: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2022 © samteatr.uz
Samarkand regional
theater of musical Drama

Powered by LIFECOM