«Padarkush» o‘zbek milliy teatri sahnasida: 108 yil! 22.01.2022

«Padarkush» o‘zbek milliy teatri sahnasida: 108 yil!

15 yanvar' 1914 yil - Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy «Padarkush yoxud o‘qumagan bolaning holi» nomli "3 parda 4 manzarali milliy birinchi fojia" si ilk marta o‘zbek va tatar havaskor teatr jamoalari tomonidan namoyish etilgan.

Samarqandning Yangi shahar qismida ilk bor namoyish qilingan ushbu spektakl ozarbayjonlik Aliasqar Asqarov va Mahmudxo‘ja Behbudiylarning tayyorlovi (rejissyorligi) ostida qo‘yilib, rollarni Abdusalom Abdulrahim o‘g‘li (Boy), Abbos (Xayrulla), Mardonqul Shomuhammad o‘g‘li (Domla), Yozdonqul Shohmuhammad o‘g‘li (Toshtemir), Mirzo No‘mon Fozil mufti o‘g‘li (Ziyoli), Rahimqul Muhammad Solih o‘g‘li, Mirhoshim Mirrahim o‘g‘li, Muhiddin Jo‘raboy o‘g‘li (bo‘z bolalar), Muhammad Aminjon Niyoziy (boyning birodari), Abdulla Badriddin o‘g‘li (boy xotini), tatar aktyorlaridan Ahmadjon Shamsuddinov (Pristav) lar ijro etgan. "Padarkush" Samarqanddan so‘ng o‘lkaning Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Kattaqo‘rg‘on, Xo‘jand, Andijon, Namangan kabi shaharlarida ham sahnalashtiriladi.

Contacts

Samarkand regional
theater of musical Drama
Address Samarkand city, Kuk saroy square 3
Telephone: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2024 © samteatr.uz
Samarkand regional
theater of musical Drama

Powered by LIFECOM