O‘zbek milliy raqs san'ati juda qadimiy ildizlarga asoslangan bo‘lib o‘zida halq og‘zaki ijodiyoti, musiqa, qo‘shiq va raqslarni mujassam etgan. Tarixdan bizgacha "Katta o‘yin" nomi bilan ma'lum doyra usullariga mos harakatlar asosiga qurilgan raqs san'ati, shuningdek "Xona bazm o‘yin" nomi bilan maishiy raqslar yetib kelgan. Ushbu meros O‘zbekistonnning turli hududlarida turli raqs maktablarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Milliy raqs san'atini ommaga tanitish yo‘lida katta xizmat qilib kelayotgan Samarqand viloyat musiqali drama teatri raqs jamoasini xalq ardog‘ida bo‘lganini e'tirof etish joizdir. Mazkur jamoa nafaqat musiqali spektakllarda, balki balki respublika miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan katta davlat tadbirlarida faol ishtirok etib kelishmoqda!
Xalqaro raqs kuni munosabati bilan teatr direktori Iskandar Sultanov va el ardog‘idagi aktyorlar teatrning bosh baletmeystri Madina Ergasheva boshchiligidagi raqs jamoasini bayram bilan qutlab, kelgusi ijodlarida ulkan omadlar tilab qolishdi.
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru