Ustozlarni xotirlab... 28.11.2021

Ustozlarni xotirlab...

Joriy yilning 26 noyabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga qarashli “Konsert zali”da Samarqand viloyat musiqali drama teatrining ustoz san’atkorlari O‘zbekiston xalq artisti Kifoyat Muslimova tavalludining 105 yilligi va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shukur Samandarov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi.
Xotira kechasida, ustoz san’atkor, mahoratli aktyor Shukur Samandarovning turmush o‘rtog‘i, farzandlari va oila a’zolari, O‘zbekiston xalq jurnalisti Obloqul Usmonqulov, ustoz jurnalist Dilbar Voseyeva, Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi ishtirok etishdi.
Ustoz san’atkor Shukur Samandarovning nabirasi Davronbek Iskandarov, teatrning iste’dodli solistlari Xurshid Baratov va Baxriddin Umarov kechaga mos qo‘shiqlarni ijro etishdi.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM