1-oktabr - “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand viloyat rus drama teatrida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Bayram tadbiriga tashrif buyurgan samarqandlik ustozlarga Oʻzbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Samarqand viloyati Kengashi mutasaddilari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir doirasida Samarqand viloyat rus drama teatrining ijodkorlari va teatr qoshidagi “Samo” bolalar toʻgaragi havaskorlari tomonidan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida 150 nafar ustoz va murabbiylarga Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida Xoliq Xursandov qalamiga mansub, rejissyor Ashraf Boboyev tomonidan sahnalashtirilgan “Bir oʻlib koʻraychi” (komediya) spektakli namoyish etildi.
Tadbir soʻngida, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Samarqand viloyati Kengashi mutasaddilari tomonidan teatr ijodkorlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru