Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2019 yilning 10 – 16 iyun' kunlari Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz zamondosh” V Respublika teatrlarining ko‘rik-festivalida.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining iste'dodli aktrisasi Charos MARDONOVA.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Ko‘chki” spektakli ijodkorlari Turkiya safarida.
TARIXIY AFIShALAR :
Samarqand viloyat musiqali drama teatri 1941 yili “Tohir va Zuhra” (sahnalashtiruvchi rejissyor O‘zbekiston xalq artisti Asror Jo‘raev) musiqali dramasini sahnalashtirish jarayonida ilk bor notalashtirilgan orkestrga o‘tadi. Jamoaga taklif etilgan asar musiqasining muallifi To‘xtasin Jalilov, teatrning bosh dirijyori Doni Zokirov va malakali sozandalar bilan ish jarayonida ishtirok etadi. Ayni vaqtda turli musiqa bilim yurtlariga yuborilgan ijrochi va sozandalar, jumladan Nasim Hoshimov va Noila Hoshimova Moskva davlat konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasini bitirib (1941), teatrga qaytadilar, musiqali drama spektakllarida bosh rollarni ijro etadilar.
SURATLARDA MUHRLANGAN TARIX :
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Solijon HAKIMOV va mahoratli aktyor Husen MAHMUDOV.
“TARIXIY AFIShALAR”:
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida taniqli rejissyor Sobir Vohidov sahnalashtirgan “BOY ILA XIZMATChI” dramasining afishasi.
FOTOARXIV:
Taniqli rejissyor Avliyoquli Xo‘jaquli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehri Hakimova, mahoratli aktrisalar Sarvinoz Saitova , Anzirat Umarova (marhuma) va boshqalar.
SURATLARDA MUHRLANGAN TARIX :
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor RAHIMOV (Mirzo Ulug‘bek) va mahoratli aktyor Hayot HAMIDOV (Abdulatif).
FOTOARXIV:
Samarqand viloyat musiqali drama teatrining ustoz san'atkorlari, O‘zbekiston xalq artisti Bahrullo RAHIMOV va mahoratli aktyor Iskandar SULTONOVlar "Aka-ukalar" spektaklida.
TEATR ARXIVIDAN:
Guliston JABBOROVA va Iskandar SULTANOVLAR “Oydinda yurganlar” musiqali dramasida.
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru