Joriy yilning 28-30 may kunlari Samarqand viloyat musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri sahnasida taniqli gruzin dramaturgi A.Sagarelining “Xonuma” (sahnalashtiruvchi rejissyor B. Nazarov, kompozitor G.Kancheli, J.Jabborov tarjimasi) musiqali dramasini tomoshabinlar e'tiboriga havola etadi.
“Ijodiy safar davomida biz Sadriddin Ayniy nomidagi tojik Davlat akademik opera va balet teatri bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish samaradorligini oshirish, ijodiy safarlar tashkil etish hamda teatr sohasida muntazam ravishda tajriba almashish maqsadida Memorandum tuzishni rejalashtirganmiz”,-deydi teatr direktori Iskandar Sultanov.
Shuningdek, safar davomida ijodiy uchrashuvlar hamda o‘zbek va tojik san'at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi”-“Shomi do‘sti” gala-konserti ham bo‘lib o‘tadi.
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru