Festival' davom etmoqda... 23.12.2021

Festival' davom etmoqda...

Barchamizga ma'lumki, 17 dekabr' kuni Toshkent shahrida she'riyat mulkining sultoni ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy siymosi va asarlari sahnada” Respublika teatrlari ko‘rik-festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Qariyb besh kundan buyon poytaxtda davom etayotgan festivalda respublika teatrlarining yo‘nalishlari bo‘yicha usluban bir biridan farq qiladigan sahna asarlari mutaxassislar va tomoshabinlarga namoyish etib kelinmoqda.
Bugun, 21 dekabr' kuni festival' doirasida O‘zbekiston davlat drama teatri sahnasida Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi ishtirokida buyuk shoirning “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) asari (Shokirjon Muradov inssenirovkasi) asosida rejissyor Shuxrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan “Ishq bo‘stoni” (afsona) spektakli tajribali mutaxassislar va talaba yoshlar e'tiboriga havola etildi.
Festival' 23 dekabr' kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM