Bugun buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun 24.01.2022

Bugun buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun

Bugun buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tug‘ilgan kun
Taniqli dramaturg, publisist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 19 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan.
Behbudiy dastlab yangi maktablar uchun darsliklar tuzgan. «Risolai asbobi savod», «Risolai jug‘rofiyai umroniy», «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Tarixi islom» kabi kitoblar chop ettirgan.
1911 yilda «Padarkush» dramasini yozgan. "Samarqand" (hozirgi "Zarafshon") gazetasini, so‘ngra «Oyna» jurnalini chiqargan.
1919 yil bahorda Shahrisabzda Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi.
2020 yil Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 145 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi "Adiblar xiyoboni"da buyuk ma'rifatparvarning haykali o‘rnatildi, Samarqand shahrida uy-muzeyi ochildi.
Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 30 oktyabrdagi farmoniga ko‘ra, Behbudiy Vatanimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2022 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM