Samarqand shahridagi “Nurbonu” nodavlat notijorat tashkiloti, Samarqand viloyat musiqali drama teatri va Samarqand shahri volontyorlari bilan hamkorlikda “SOS” Samarqand viloyati bolalar mahallasi, “Solnechniye deti” – Daun sindromi, “Sladkiye deti” – qandli diabet, OITS kasalligi mavjud hamda imkoniyati cheklangan, biroq qalbi doimo gо‘zal bо‘lgan aziz bolajonlarimizga bir oz bо‘lsada, quvonch ulashish maqsadida spektakl namoyish etildi.
Ushbu 300 nafarga yaqin jajji tomoshabinlarimizga joriy yilning 21 noyabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga qarashli “Konsert zali”da Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi ishtirokida Aka-uka Grimm qalamiga mansub, rejissyor Shuxrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan “Bremen sozandalari” (bolalar myuzikli) xayriya spektakli namoyish etildi.
Shuningdek, betakror ovoz sohibi, xushovoz xonanda Marat Sodiqov о‘zining qо‘shiqlari ila bolajonlarga xushkayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida, “Nurbonu” NNT rahbari Kektisheva Olga Mixaylovna sо‘zga chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilariga barcha bolajonlar nomidan minnatdorchilik bildirdi va mana shunday kо‘plab birgalikdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qalbi pok bolajonlarimiz uchun tashkil etilishini ta’kidladi.
@sammusdramateatri
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru