8 dekabr – О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! 8.12.2021

8 dekabr – О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Adolat mezoni, haqning mezoni,
Hurriyat tayanchi, erkning posboni,
Ertangi kunimiz, orzu-о‘yimiz,
Yangi avlodlarning ishonch qо‘rg‘oni!

Alpomish, Kuntug‘di kabi buyuksan,
Xamsa, Boburnoma kabi suyuksan,
Kuch – adolatdadir! – deya hayqirgan
Amir Temur bobom tuzgan tuzuksan!

Navqiron yoshdadir Vatanim yoshi,
Osmonida porlar hurlik quyoshi,
Bir qо‘lda Qur’on-u, bir qо‘lda Qomus,
Porloq kelajakka boshlar yurtboshi!

Yurtim bayramlaring muborak bо‘lsin!
Elimizning qalbi shodlikka tо‘lsin!
Xalqimiz vijdoni, oru-nomusi,
Baxtimiz qomusi, baxtim qomusi!

8 dekabr – О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Jonajon О‘zbekistonimizning barcha fuqarolarini Bosh qomusimiz bо‘lmish О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2022 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM