23-aprel' - Uil'yam Shekspirning tavallud topgan kuni 21.02.2022

23-aprel' - Uil'yam Shekspirning  tavallud topgan kuni

23-aprel' - Uil'yam Shekspirning  tavallud topgan kuni munosabati bilan Samarqand viloyat musiqali drama teatrining  “Qirol Lir” spektakli O‘zbekiston davlat akademik rus  drama teatri sahnasida  namoyish etiladi. Kuni kecha teatr ma'muriyati  mazkur teatrga tashrif buyurib,  rejissyor Valixon Umarov bilan uchrashishdi  va ijodiy safar  bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha  o‘zaro  kelishib olishdi.

 

JAHON MAShHURLARI HAYoTIDAN
O‘zi haqida juda yuqori fikrda bo‘lgan bir yosh aktyor taniqli rus aktyori Nikolay Ribakov (1811-1876) dan  so‘raydi:
–  Oxirgi pardada Dezdemonani juda  qoyil  qilib o‘ldirdimmi?
– Yaxshi,–  deya javob  qiladi Ribakov. – lekin  sen Shekspirni  undan ham  qoyil  qilib o‘ldirding.

 

Uil'yam Shekspirning o‘zbek tomoshabini tomonidan kashf etilishi 1935 yilda «Hamlet» tragediyasining Hamza nomidagi drama teatri (hoz. O‘zbek milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilishi bilan boshlangan. Shundan keyin O‘zbekistondagi o‘zbek va rus teatrlarida Shekspirning «Otello», «Romeo va Jul'etta», «Yuliy Sezar'», «Qirol Lir», «Koriolan», «Veronalik ikki yigit», «Qiyiq qizning quyilishi», «Yoz tunidagi g‘aroyib otlar» singari asarlari katta muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Shekspir asarlarini tarjima etishda G‘afur G‘ulom, Yashin, Uyg‘un, Shayxzoda, Turob To‘la, Q. Mirmuhamedov kabi yozuvchi va tarjimonlar ishtirok etdilar. Cho‘lpon qalamiga mansub «Hamlet»ning tarjimasi esa o‘zbek tarjima san'atining shoh namunasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda Jamol Kamol Shekspir  asarlarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi.

 

Uil'yam Shekspirning jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblangan “Qirol Lir” tragediyasi 2019 yili Samarqand viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirildi. Taniqli rejissyor mukammal rejissura, aktyorlarning mahoratli ijrosi,  o‘sha davr ruhiyatiga mos dekoratsiya  va  musiqa bilan tomoshabinni  sahna bilan uzviy bog‘ladi, asar ichiga olib kira oldi.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM