Joriy yilning 3-oktabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga qarashli “Konsert zali”da Samarqand viloyat musiqali drama teatrining “107-mavsum” ochilish marosimiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazildi.
“107-mavsum” ochilishida Samarqand viloyat musiqali drama teatrining simfonik orkestri, xor va raqs jamoalari ishtirokida rejissyor Muhammadrasul Mamadamin-zoda tomonidan tayyorlangan “Samarqandga marhabo” nomli konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir davomida, teatrda faoliyat yuritayotgan ustoz sanʼatkorlarga “Teatr sanʼati rivojiga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun” Tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sahnalashtiruvchi rejissyor - Muhammadrasul Mamadamin-zoda
Dirijyor - Uktam Tilavov
Xormeyster - Azizjon Muminov
Baletmeyster - Madinaxon Ergasheva
Rejissyor yordamchisi - Onabibi Mardiyeva
Truppa rahbari - Farid Rasulov
Dastur boshlovchilari - Goʻzal Qurbonova. Bexruz Qurbonaliyev
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru