“Tarixsiz kelajak yo‘q”… 11.09.2023

“Tarixsiz kelajak yo‘q”…

“Tarixsiz kelajak yo‘q”…

      Albatta bu o‘rinli iboradir. Aynan shu Bahodir Yalangto‘sh p'esasida ham 1576(78) – 1656 yillarda yashab, jangu jadallarda sarbozlik ko‘rsatgan, buyuk sarkarda va Samarqand hokimi (amir) bo‘lgan, (Abdukarim Yalangto‘shbiy Bahodir Boyhoji o‘g‘li) Bahodir Yalangto‘sh haqida gap ketadi. O‘sha vaqtlarda Samarqand hududi Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan. Asar voqealari asosan 1619 va 1640 -yillarni o‘z ichiga oladi.
              Aynan shu yillar davomida Yalangto‘sh Bahodirni zaminimiz bunyodkorligi uchun o‘z hissasini qo‘shgan, buyuk obidalarimiz sanalmish Tillakori va Sherdor madrasalarining bunyod bo‘lishiga sabab bo‘lgan ulkan mehnati va mashaqqatlari aks etgan voqealar asarda jonlantirilgan. 
          Registon ansambilining yaralishiga sababchi bo‘lgan buyuk sarkarda, Samarqand amiri Bahodir Yalangto‘sh siymosi bugungi kun va kelajak avlod tasavvuri va qalbida muhim joy egallashi uni o‘z Vataniga bo‘lgan jonkuyarligi, fidoyiligi asar mazmunida keng ochib ko‘rsatilgan.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2024 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM