“107-mavsum” Alisher Navoiyning “Qush tili” spektakli bilan ochildi 14.09.2021

“107-mavsum” Alisher Navoiyning “Qush tili” spektakli bilan ochildi

Joriy yilning 13 sentabr kuni Samarqand shahridagi Registon ansambli Mirzo Ulug’bek madrasasi hovlisida Samarqand viloyat musiqali drama teatrining “107-mavsum” ochilish marosimiga bag’ishlangan ijodiy kecha o’tkazildi.
“107-mavsum” ochilishida Samarqand viloyat musiqali drama teatrining simfonik orkestri, xor va raqs jamoalari tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar, shuningdek, she’riyat mulkining sultoni ulug’ bobomiz Alisher Navoiyning “Qush tili” (“Lison-ut tayr” dostoni) asari (Shokirjon Muradov inssenirovkasi) asosida rejissyor Shuxrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan “Ishq bo’stoni” (afsona) spektakli tashrif buyurgan mehmonlar e’tiboriga xavola etildi. 
Adabiy maslahatchi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Baxrullo Raximov;
Sahnalashtiruvchi rejissyor Shuxrat Sanaqulov;
Sahnalashtiruvchi rassom Kamoliddin Raxmatov;
Xormeyster Azizjon Mo’minov;
Dirijyor Uktam Tilavov;
Baletmeyster Madinaxon Ergasheva;
Rejissyor yordamchisi Farog’at Jo’rayeva.
“107-mavsum” ochilishida Rossiyaning “Vaagner-Biro Moskva Steydj Sistems” kompaniyasi bosh direktori Sergey Makryashin, Samarqand viloyat qo’g’irchoq teatri direktori Iskandar Sultanov, Samarqand viloyat rus drama teatri bosh rejissyori Axmatullo Niyazov, ijodkorlar va mehmonlar  ishtirok etishdi.
 

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM