Samarqand zaminida ulug‘ allomalar, yurtimiz tarixi va xalqimiz hayotida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolar nomi bilan bog‘liq o‘nlab muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar mavjud. Ana shunday qadamjolardan biri «Maxdumi A'zam» ziyoratgohidir. Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi hamda nazariyotchilaridan biri Maxdumi A'zam Hazratlari qo‘nim topgan bu muqaddas joyda ko‘plab allomalar dafn qilingan.
Mehnat ta'tilidan qaytgan Samarqand viloyat musiqali drama teatri jamoasi bugun mazkur ziyoratgohda tashrif buyurib, dastlab Yalangto‘sh Bahodir va uning piri Mahdumi A'zamning qabrini ziyorat qilishdi. Yalangto‘sh Bahodir tomonidan 1619 yili qurdirilgan masjidda o‘tganlar xotirasiga Qur'on tilovat qilishdi.
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru