"Layli va Majnun" spektakli 22.01.2022

"Layli va Majnun" spektakli

1916 yil 30 dekabr' "Kolizey" teatri (Toshkent) da Ozarbayjonning mashhur teatr aktyor va rejissyori Sidqiy Ruhillo (Ruhillo Fatali o‘g‘li) boshchiligidagi musiqali teatr truppasi bilan hamkorlikda "Layli va Majnun" (Fuzuliy dostoni asosida) musiqiy drama (opera)si namoyish etiladi. Asar librettosini ozarbayjonchadan o‘zbekchaga Avloniy tabdil qilgan bo‘lib, rejissyori S.Ruhillo edi. Asosiy rollarni Sidqiy Ruhillo (Majnun), Durriyaxonim (Layli), Abdulla Avloniy (Malu'), A.Muharramov (Navfal), Nizomiddin Xo‘jaev, Farid Tohiriy, Yusuf Alievlar ijro etgan. "O‘zbek teatri tarixi uchun materiallar" (Miyon Buzruk Solihov, 1935) asarida keltirilishicha, ushbu spektaklda ilk o‘zbek aktrisasi Mas'uma Qorieva ham qatnashgan.

Suratda "Layli va Majnun" spektakli qatnashchilari.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM