"Biz giyohvandlikka qarshimiz" 16.02.2022

BMTning narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo aholisining 31 milliondan ortig‘i giyohvand moddalar suiste'moli tufayli jiddiy kasalliklardan aziyat chekadi va ularning aksariyati yoshlardir. Achinarlisi, yer yuzidagi barcha o‘limlar ko‘rsatkichining 23 foizidan ortig‘i narkotiklar suiste'moli bilan bog‘liq. Albatta, ushbu global xavf ko‘lami kengayishi unga qarshi kurash samaradorligini oshirishni taqozo etayapti.
 Samarqand davlat chet tillar institutida  bo‘lib o‘tgan "Biz giyohvandlikka qarshimiz"  profilaktik tadbirida  mana shular haqida so‘z yuritildi. Tadbirda viloyat musiqali drama teatrining iste'dodli aktyori Laziz Mamatqulov ham ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida ushbu illatning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilib kelinayotgan mazkur  tushuntirish-targ‘ibot ishlarini ko‘plab o‘tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini  ta'kidladi.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2023 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM