Ustozlarga ehtirom... 18.11.2021

Ustozlarga ehtirom...

Samarqand viloyat musiqali drama teatri hamda Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bilan hamkorlikda joriy yilning 17 noyabr kuni Samarqand shahridagi “Konsert zali”da teatr va maktabda bir necha yillardan buyon faoliyat kо‘rsatib kelayotgan ustoz san’atkorlar, mahoratli va iste’dodli sozandalar Isxakov Eduard Grigorevich (skripka) va Dumbadze Dariko Aleksandrovnaning (truba) muborak 70 yillik yubiley kechasi о‘tkaziladi.

Yubiley kechasida ishtirok etgan Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori Xamdamov Xubbim Xamdamovich, Samarqand viloyat musiqali drama teatri direktori Karjovov Kamoliddin Rahmonovich ustoz san’atkorlarni muborak 70 yoshi bilan muborakbod etishdi.

Ustozlarimiz Eduard Isxakov va Dariko Dumbadzega Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi, Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi va Samarqand viloyat musiqali drama teatrining Faxriy yorliqlari, tashakkurnoma va tabriknomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Simfonik orkestr va solistlar tomonidan ijro etilgan kuy va qо‘shiqlar kechaga о‘zgacha kо‘tarinki xushkayfiyat bag‘ishladi.

Isxakov Eduard Grigorevich (skripka) va Dumbadze Dariko Aleksandrovnaning (truba) muborak 70 yillik yubiley kechasidan foto-lavhalar

Yubiley kechasini о‘tkazuvchi jamoa

Umumiy rahbarlar : Kamoliddin Karjovov va Xubbim Xamdamov.

Ssenariy muallifi va sahnalashtiruvchi rejissyor – Muhammadrasul Mamadamin-zoda;

Badiiy rahbar – Farog‘at Jо‘rayeva;

Dirijyor – Uktam Tilavov;

Ovoz operatori – Shavkat Ibragimov;

Proyektor muhandisi – Nizom Qosimov;

Olib boruvchilar – Azizjon Muminov va Elvira Yemelyanova.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2022 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM