107 mavsum ochilish 03.10.21 4.10.2021

107 mavsum ochilish 03.10.21

Joriy yilning 3-oktabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabiga qarashli “Konsert zali”da Samarqand viloyat musiqali drama teatrining “107-mavsum” ochilish marosimiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazildi.

“107-mavsum” ochilishida Samarqand viloyat musiqali drama teatrining simfonik orkestri, xor va raqs jamoalari ishtirokida rejissyor Muhammadrasul Mamadamin-zoda tomonidan tayyorlangan “Samarqandga  marhabo” nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir davomida, teatrda faoliyat yuritayotgan ustoz sanʼatkorlarga “Teatr sanʼati rivojiga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun” Tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Sahnalashtiruvchi rejissyor - Muhammadrasul Mamadamin-zoda

Dirijyor - Uktam Tilavov

Xormeyster - Azizjon Muminov

Baletmeyster - Madinaxon Ergasheva

Rejissyor yordamchisi - Onabibi Mardiyeva

Truppa rahbari - Farid Rasulov

Dastur boshlovchilari - Goʻzal Qurbonova. Bexruz Qurbonaliyev

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2021 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM