“Abdulla Qodiriy – О‘zbek adabiyoti xazinasidan”... 13.10.2021

“Abdulla Qodiriy – О‘zbek adabiyoti xazinasidan”...

Samarqand viloyat musiqali drama teatri va Samarqand viloyat rus drama teatri hamkorligida joriy yilning 12 oktabr kuni viloyat rus drama teatrida shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, о‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriy – О‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.

Tadbir davomida, musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosida tayyorlangan sahna kо‘rinishlari, shuningdek, rus drama teatri ijodkorlari ishtirokida Abdulla Qodiriyning “О‘tkan kunlar” romani asosida rejissyor Axmatullo Niyazov tomonidan sahnalashtirilgan “О‘tkan kunlar” (drama) spektakli tashrif buyurgan mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etgan adabiyotshunoslar, shoir va yozuvchilar, publitsist va jurnalistlar Abdulla Qodiriy bobomiz yaratgan asarlarni e’tirof etishdi.

Manzillar

Samarqand viloyati
musiqali drama teatri
Manzil Samarqand shahri, Ko'q saroy maydoni 3 uy
Telefon: (93)353-67-06, (97)577-67-06
E-mail: samteatr@bk.ru

Самарканд вилояти мусикали драма театри

2021 © samteatr.uz
Samarqand viloyati
musiqali drama teatri

Powered by LIFECOM